Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qora mehnat qilayotgan ayollarga tajovuz ortmoqda

Qora mehnat qilayotgan ayollarga tajovuz ortmoqda

Hokimiyat ushbu xulosaga jabrdiydalar bilan ko‘rishib, gaplashganidan so‘ng kelgan. Gap shundaki, Ispaniyaning Andalus muxtor viloyatida hokimiyatga Afrika va Sharqiy Yevropadan kelgan ayol ishchilarga tajovuz, zo‘rlash va aldash bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan xabarlar kelib tushgan va tekshiruv-surishtiruvlar natijasida bu xabar isbotini topgan. Bu haqda «Telegraf.com» sayti xabar bermoqda.

Ispaniyadagi birgina Uelva viloyatida 18 ming nafar ayol-gasterbayter (yollanma ishchilar) ishlaydi. Ularning ko‘pi Ruminiya va Marokashdan. Ishchilar o‘rtasida olib borilgan surishtiruv natijasida ma’lum bo‘ldiki, ularning aksariyati zo‘rlangan, tajovuzga uchragan, ko‘pi esa aldangan.

Bunday holatlar Sevilya va Palos de la Frontereda ham uchragan. Bundan tashqari, ayni damda Italiyada ham shunga o‘xshash vaziyatlar o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yil Ipaniyaning birgina shaxrida 185 ta homila abort qilingan. Abort qildirgan ayollarning 90 foizi migrant bo‘lib, jinsiy zo‘rlikka uchrashgandi.

 

Kiritildi: 11:23 01.06.2018. O'qildi: 2293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!