Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Qora dengizda uchta tanker dronlar hujumiga uchradi

Qora dengizda uchta tanker dronlar hujumiga uchradi

Qora dengizda, Turkiyaning shimoliy qirg‘oqlari yaqinida uchta tankerga uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) hujum qilgani qayd etildi. Bu haqda Tribeca yuk tashish agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Palau bayrog‘i ostida suzayotgan «James II» tankeri hodisa sodir bo‘lgan vaqtda Qora dengizdagi Turkeli hududidan taxminan 80 km shimolda bo‘lgan. Shuningdek, Syerra-Leone bayrog‘i ostidagi «Altura» va «Velora» tankerlari ham yaqin hududda, kemalararo yuk o‘tkazish operasiyasi o‘tkazilayotgan vaqtda hujumga uchragani xabar qilinmoqda.

Tribeca ma’lumotiga ko‘ra, voqea joyiga qutqaruv katerlari jo‘natilgan. Tankerlar ekipaj a’zolarining barchasi qoniqarli holatda ekani aytilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:30. O'qildi: 213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!