Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Qora dengizda Turkiya tankeriga dron hujum qildi

Qora dengizda Turkiya tankeriga dron hujum qildi

Anqara Qora dengizda ALTURA neft tankeriga qilingan dron hujumidan xavotirda.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Onju Keseli bu haqda ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.

"Tegishli organlar hujum bilan bog‘liq holda tergov olib bormoqda va zarur texnik proseduralarni amalga oshirmoqda. Bortdagi 27 turk ekipaj a’zosining sog‘lig‘i qoniqarli", dedi Tashqi ishlar vazirligi vakili.

U Turkiyaning Qora dengizdagi eksklyuziv iqtisodiy zonasida sodir bo‘lgan va xalqaro huquqqa zid bo‘lgan bunday hujumlar mintaqadagi inson xavfsizligi, navigasiya va atrof-muhit uchun jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidladi.

"Biz urushning Qora dengizga tarqalishi va keskinlikning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tegishli tomonlar bilan hamkorlik qilishda davom etamiz", dedi Keseli.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya mintaqadagi iqtisodiy manfaatlari va faoliyatini himoya qilish uchun xalqaro huquq doirasida zarur choralarni ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Eslatib o‘tamiz, 26 mart kuni Qora dengizda ALTURA neft tankeriga dron hujum qildi.

Kiritildi: Bugun 08:20. O'qildi: 395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!