Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Qora bozor”ni rivojlantirga hissa qo‘shayotgan shaxslar ushlandi

“Qora bozor”ni rivojlantirga hissa qo‘shayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.S. 4 700 AQSh dollarini fuqaro I.A.ga 59,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan jami 11 467 AQSh dollari, 1 100 Rossiya rubli va 660,7 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.M. va S.E. (muqaddam sudlangan) jami 3 100 AQSh dollarini fuqaro F.N.ga 39,4 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.K. va J.S. (muqaddam sudlangan) jami 2 700 AQSh dollarini fuqaro SH.A.ga 34,3 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:43 24.04.2024. O'qildi: 1099 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!