Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qizining soch to‘yini dabdaba bilan nishonlangan fuqaro jarimaga tortildi

Qizining soch to‘yini dabdaba bilan nishonlangan fuqaro jarimaga tortildi

Tursunzoda shahar sudi fuqaroni Tojikiston Respublikasida urf-odatlar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida gi qonunni buzganligi uchun jarimaga tortdi. Bu haqda Tojikiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, tursunzodalik qizining soch to‘yini o‘tkazgan va marosimga 25 nafar qarindoshlari va qo‘shnilarini mehmon sifatida chaqirgan.

Tojikiston Respublikasida urf-odatlar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida gi qonunga binoan farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq va shunga o‘xshash marosimlar faqat oila davrasida, ortiqcha sarf-xarajatsiz hamda dabdabasiz nishonlanishi kerak , - deyiladi xabarda.

Sud fuqaroga 5,5 ming somoniy (583 dollar) jarima to‘lash majburiyatini yukladi.

Kiritildi: 16:49 08.05.2019. O'qildi: 1901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!