Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qiz-ayollarning sochini yoyib yurishi to‘g‘rimi?

Qiz-ayollarning sochini yoyib yurishi to‘g‘rimi?

— Anchadan beri  meni bir savol qiynaydi. Yoshim 58 da, o‘zimni o‘qimishli, zamonaviy ayol deb hisoblayman. Lekin keyingi yillarda xotin-qizlarimizning sochlarini yoyib yurishidan jahlim chiqadi. Bu modami, go‘zallikmi yo zamon talabimi? Ota-onalar uydan sochlarini yoyib chiqib ketayotgan qizlarini ko‘zlari bilan ko‘rmaydimi yoki bundan faxrlanishadimi? Ayniqsa, erkaklar qayoqqa qarashyapti? Rahmatli buvim “Sochni yoyib quritayotganingni ham dadang ko‘rmasin, bu uyat, uvol”, der edi. Siz bunga nima deysiz? Oshxonada ham, dasturxon boshida ham shu ahvol. Biz o‘zbekligimizni unutdikmi yo men qoloq ayolmanmi?

— Gapingizda jon bor. Haqiqatda yoqimsiz holat. O‘zbek musulmonlar u yoqda tursin, boshqa din va boshqa millatga mansub bo‘lgan madaniyatli kishilar ham bu holatdan shikoyat qilmoqdalar. Hech qanday maqtovga sazovor bo‘lmagan mazkur modaning vaqti o‘tishi kutilyapti anchadan beri, ammo juda uzoqqa cho‘zildi. Ming afsuski, hozirda odob-axloq yo‘qolgan, hayo-andisha o‘lgan, madaniyat zaiflashgan bir paytda yashamoqdamiz. Na dinga, na milliylikka, na madaniyatga, na urfga, na odobga, na axloqqa, na go‘zallikka, na pokizalikka to‘g‘ri keladigan holat. Har qanday illat unga qarshi kurashib yo‘qotiladi. Ajab emas, nasihat va tushuntirishlar bilan bu holatni isloh qilishga muvaffaq bo‘lsak. Vallohu a’lam!

muslimaat.uz

Kiritildi: 13:56 11.08.2019. O'qildi: 9147 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!