Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qiynoqlari bilan nom chiqargan Jasliq qamoqxonasi yopiladi

A A A
Qiynoqlari bilan nom chiqargan Jasliq qamoqxonasi yopiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 avgust kuni «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashitirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to‘g‘risida»gi (Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan) qarorni imzolagan.

Shu munosabat 5 avgust kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida qaror ijrosi va mazmun-mohiyati tahlili yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

«Qoraqalpog‘istonda joylashgan va uzoq yillar davomida qiynoqlar, mish-mishlar bilan nom chiqargan mazkur jazoni ijro etish koloniyasiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari  Bahrombek Adilov ishtirok etadi», — deyiladi Milliy matbuot markazi axborotida.
 

Kiritildi: 11:41 03.08.2019. O'qildi: 5109 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!