Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qishki qo‘lqoplarni dezinfeksiya qilish shartmi?

Qishki qo‘lqoplarni dezinfeksiya qilish shartmi?

Bilasizki, qo‘lqoplar qishning izg‘irinli kunlarida asqatadigan aksessuarlardan biridir. Xo‘sh, pandemiya sharoitida qalin qo‘lqoplarni qanday dezinfeksiya qilish mumkin? Ularni dezinfeksiya qilish shartmi? 

Rossiyalik shifokor Yevgeniy Timakov bu haqda ma’lumot berdi.

"Qishda kiyiladigan qo‘lqoplar bilan yuzga tegish mumkin emas. Avvalo, ularni tarkibida vodorod peroksid bo‘lgan eritmalarda dezinfeksiya qilish maqsadga muvofiq", degan mutaxassis. 

Shu bilan birga, u qo‘lqoplarni dezinfeksiya qilish shart emasligini, matodan tikilganlarini yuvishning o‘zi kifoya ekanini ham ta’kidlagan. 

Mutaxassis agar qo‘lqoplar charmdan tayyorlangan bo‘lsa, ularni spirt bilan tozalash mumkinligini aytgan.

Kiritildi: 07:40 30.11.2020. O'qildi: 1767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!