Mamlakatda qirolicha Yelizaveta II xotirasiga bir daqiqalik sukut e’lon qilindi, deb xabar berdi Dauning-strit.
18 sentyabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da qirolichaning dafn marosimidan bir daqiqa oldin sukut saqlanadi.
Bosh vazir matbuot kotibining tushuntirishicha, qirolicha xotirasini hurmat qilishni xohlovchilar buni "uyda, yolg‘iz, do‘stlari yoki qo‘shnilari bilan, ko‘chada yoki har qanday jamoat joyida shaxsiy ravishda" qilishlari mumkin.
"Biz uyushmalar, klublar va boshqa tashkilotlarni bunga qo‘shilishga chaqiramiz", dedi Dauning-strit.