Qirg‘izistonning Erondagi elchixonasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
"Shu bilan birga, vazirlik Eronga sayohat qilmaslikni tavsiya qiladi. Favqulodda holatlarda yoki konsullik yoki huquqiy yordamga ehtiyoj sezilganda, iltimos, Tashqi ishlar vazirligi Konsullik departamenti va Qirg‘iziston Respublikasining Eronga qo‘shni davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarining ishonch telefoniga murojaat qiling", deyiladi press-relizda.
Erondagi Qirg‘iziston fuqarolaridan hushyorlikni oshirish, xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish, gavjum joylar va xavfli hududlardan qochish hamda mahalliy hokimiyat organlarining ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish so‘raladi.