Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Qirg‘izistonda uch nafar vazir ishdan bo‘shatildi

Qirg‘izistonda uch nafar vazir ishdan bo‘shatildi

Xabar berilishicha, tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Meder Mashiyev, favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeev hamda transport va kommunikasiyalar vaziri Ab­sattar Sirg‘abaev lavozimidan olingan.

Eslatib o‘tamiz, 10 fevral kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonini imzolagandi.

Bundan tashqari, Tashiyevning o‘rinbosarlari – Daniel Risaliyev, Qurbonbek Avazov, Elizar Smanov hamda Xavfsizlik kengashi kotibi Rustam Mamasodiqov ham lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek, Qirg‘iziston Jogorku Keneshi (parlamenti) spikeri, bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari ham iste’foga chiqqandi.

Kiritildi: Bugun 16:50. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!