Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qirg‘izistonda tabiiy ofat oqibatida 10 kishi jarohatlandi, 154 ta ob’ekt zarar ko‘rdi

Qirg‘izistonda tabiiy ofat oqibatida 10 kishi jarohatlandi, 154 ta ob’ekt zarar ko‘rdi

Bir kun avval yuz bergan Qirg‘izistonning Bishkek, Chuy va Talas viloyatlarida kuchli shamol oqibatida 10 kishi tan jarohati oldi, 154 ta ob’ektga zarar yetdi.

Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ertalab soat 8:30 holatiga ko‘ra, uch viloyatda 10 kishi, 70 ta ijtimoiy ob’ekt, 80 ta turar-joy binosi va 4 ta xo‘jalik binosi zarar ko‘rgan.

Bishkekda 66 ta ob’ekt zarar ko‘rgan, shundan 26 ta ijtimoiy muassasa, 36 ta turar-joy binosi, 4 tasi xo‘jalik inshootlari. Chuy viloyatida 42 ta ijtimoiy ob’ekt va 42 ta turar-joy binosining tom qismi qulab tushgan.

Ayni paytda mahalliy fuqaro muhofazasi xizmatlari tomonidan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish, moddiy xarajatlarni aniqlash va tezkor chora-tadbirlar ko‘rish ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Bishkekda sekundiga 26 metr tezlikda esib turgan kuchli shamol tufayli poytaxt hokimligi favqulodda holat e’lon qilgani xabar qilingandi. Kuchli shamol 11 ta poytaxt maktabi va 8 ta bolalar bog‘chasiga zarar yetkazdi.

Kiritildi: 23:18 29.03.2024. O'qildi: 725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!