Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti Qirg‘iziston hududida ishga tushdi. Xizmatning rasmiy xaritasida qo‘shni respublika internetdan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan mamlakatlar qatoriga qo‘shilgan.
Qirg‘izistonliklar o‘z manzilini kiritish orqali xizmat mavjudligi va hududdagi tariflar haqida qo‘shimcha ma’lumot olishi mumkin. Hozirda barcha uskunalar bilan mini tarif 27 180 somdan (3,7 mln.so‘m), standart tarifi esa 36 270 somdan (4,9 mln so‘m) taklif etilyapti. Starlink’ning ishga tushirilishi simli yoki mobil internet barqaror ishlamaydigan chekka qishloqlar va tog‘li hududlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti 2025 yilning avgust oyidan Qozog‘istonda, 2026 yilning fevralidan esa Tojikistonda ham ishga tushirilgandi.