Jalolobod viloyati Suzak tumanidagi Safarovka qishlog‘ida Putinga o‘xshash bo‘lgan 34 yoshli Medetbek Abjaparov erkak istiqomat qiladi. O‘zi traktorchi va dehqonlardan yordamini ayamaydi. Uning aytishicha, sisyosatga qiziqmaydi, lekin Rossiya yetakchisi u uchun namuna hisoblanadi va undan o‘rnak olishni istaydi.
“Ettinchi sinfda o‘qib yurgan kezlarimda Rossiya rahbariga o‘xshashligimni payqashgan. Do‘stlarim hazillashib mening tan soqchim sifatida yonimda yurishardi”, - deya eslaydi qahramonimiz Sputnik Qirg‘izistonga bergan intervyusida.
“Putinni ko‘rib qolsam, unga u singari bo‘lmoqchi ekanimni aytaman”, - deydi Abjaparov
“Qirg‘izistonlik Putin” bir necha yil Rossiyada mehnat qilgan. Rossiyaliklar ham uning prezidenta o‘xshashligiga e’tibor qaratishgan. Unga Qizil maydonda Putin qiyofadoshi sifatida ishlashni maslahat berganlar ham topilgan.