Qirg‘iziston maishiy bo‘lmagan abonentlar uchun elektr energiyasi narxini oshirdi. Tegishli qarorni Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbari imzoladi.
Qabul qilingan o‘zgartishlarga ko‘ra, taqchillik sharoitida elektr energiyasi iste’molchilarini ishonchli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida boshqa maishiy bo‘lmagan iste’molchilar uchun iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lov 1 kVt/soat uchun 376,7 tiyin (taxminan 21,62 tenge) miqdorida (soliqlarsiz) amalga oshiriladi.