Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rayotganlarning uyidan qurol-yarog‘ va 250 ming o‘q-dori topildi

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rayotganlarning uyidan qurol-yarog‘ va 250 ming o‘q-dori topildi

Hokimiyatni egallashni rejalashtirgan “buzg‘unchi guruh a’zolari”ning uylari va mashinalari tintuv qilindi. Xavfsizlik kuchlari 50 ta qurol, 20 ta to‘pponcha va 255 ming dona o‘q-dori topdi.

Shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlarining 200 jamlama kiyim-kechak, 38 ta o‘q o‘tkazmaydigan jilet, ikkita dron, rasiya, qo‘lbola portlovchi moddalar, ekstremistik adabiyotlar va boshqa buyumlar olib qo‘yildi.

Tintuv chog‘ida hujjatlar, jumladan, Qirg‘iziston parlamenti deputatiga tegishli harbiy guvohnoma ham topilgan.

Avvalroq, davlat to‘ntarishini uyushtirishiga urinish Qirg‘iziston mustaqilligi kunida amalga oshirilishi rejalashtirilgani haqida xabar bergan edik

Kiritildi: 23:09 06.07.2024. O'qildi: 1589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!