Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Baqit Torobayevni Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari va Suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri lavozimidan ozod etishga qaror qildi.
Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Kanibek Dosmambetov ham ishdan bo‘shatilgan.
Avvalroq Sadir Japarov uchta vazirni: Favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeev, Transport va kommunikasiyalar vaziri Absattar Sirgabayev va Tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Meder Mashiyevni ishdan bo‘shatgan edi.