Rasmiylarning aytishicha, Qirg‘iziston ixcham, kichik delegasiyalar xorijiy davlatlarga tashrif buyurishi uchun mo‘ljallangan samolyot sotib olishga qaror qilgan.
"Bugungi kunda lizingga xususiy samolyotni berish tartibi yakunlanmoqda. Bu Bombardier Challenger yoki Embraer Legacy bo‘ladi. Bungacha xususiy samolyotda barcha reyslar egasi kompaniya bilan kelishilgan holda bepul amalga oshirilgan. Qirg‘iziston tomoni faqat aviayonilg‘i uchun xarajatlarni o‘z zimmasiga oldi, shu jumladan Qatarga bugungi ishchi safari”, - dedi prezident matbuot kotibi Erbol Sultonbayev.
Avvalroq Japarov Glazgo, Pekin, Nyu-York shaharlariga biznes-jetlarda uchgan.