Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Qirg‘iziston prezidenti amaldorlarning xorijda hisob raqam ochishini taqiqladi

Qirg‘iziston prezidenti amaldorlarning xorijda hisob raqam ochishini taqiqladi

Qirg‘iziston prezidenti amaldorlarning xorijda hisob raqam ochishini taqiqlash va daromadlarini deklarasiya qilish nazarda tutilgan qonunni qabul qildi.

“Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, endilikda amaldorlar xorijiy banklarda hisob raqam ocha olmaydi (faqat ba’zi rasmiylar bundan mustasno). Shuningdek, amaldorlar qarindoshlarining biznesiga ko‘maklasha olmaydi, qarindoshlari bilan bog‘liq kompaniyalar bilan ish qilolmaydi, davlat resurslarini shaxsiy maqsadda ishlata olmaydi va protokol sovg‘alaridan tashqari sovg‘a ololmaydi.

Bundan tashqari, amaldorlar o‘z aksiyalarini ishonchli boshqaruvga topshirishi, daromad, xarajat va mol-mulklarini, jumladan, xorijiy bank hisoblari va kompaniyalarni deklarasiya qilishi shart. Soliq idoralari va moliyaviy razvedka xizmatlari daromad va xarajatlarning mosligini tekshiradi, noqonuniy boylik aniqlansa, materiallar prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!