Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Qirg‘iziston parlamenti spikeri iste’foga chiqdi

Qirg‘iziston parlamenti spikeri iste’foga chiqdi

Qirg‘iziston parlamenti (Jogorku Kenesh) raisi Nurlanbek Turg‘unbekov bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda o‘z lavozimini tark etdi.

Spiker iste’fosi haqida bevosita majlis davomida e’lon qilgan.

«Mamlakatda yuz berayotgan siyosiy voqealar munosabati bilan shuni aytishim kerakki: men bir yoki ikki kishiga emas, xalqqa, davlatga va parlamentga xizmat qilaman. O‘z xohishim bilan iste’foga chiqishga qaror qildim. Bu hech qanday tashqi bosimlarsiz qabul qilingan shaxsiy qarorimdir», — dedi Turg‘unbekov.

Ta’kidlanishicha, Turg‘unbekov 2025 yil 17 dekabrda VIII chaqiriq parlamenti raisi etib saylangan edi. U avvalgi chaqiriqda ham mamlakat qonunchilik organiga rahbarlik qilgan.

Spikerning iste’fosi masalasi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevning lavozimidan ozod etilishidan so‘ng muhokama qilina boshlagan edi. Biroq shu paytgacha parlamentda bu ma’lumotlar rad etib kelinayotgandi.

Kiritildi: Bugun 11:18. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!