Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov izolyatorida “Ayil Bank” boshqaruvi raisining sobiq o‘rinbosari o‘z joniga qasd qildi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov izolyatorida “Ayil Bank” boshqaruvi raisining sobiq o‘rinbosari o‘z joniga qasd qildi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov izolyatorida “Ayil Bank” boshqaruvi raisining sobiq o‘rinbosari o‘z joniga qasd qildi, deb xabar qildi Davlat qo‘mitasi.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 30 aprelidan buyon juda katta miqdorlagi korrupsiyada ayblanib, hibsda saqlanayotgan A.B.R. sanitar blokda yana uchta ayblanuvchi bilan (ular ikkita kamerada, har biri ikki kishidan) bo‘lgan.

"Kameralar eshiklari doimo ochiq edi, chunki hammomlar umumiy bo‘lib, kameralar yo‘laklari alohida panjara bilan to‘sib qo‘yilgan. A. B. R. o‘z joniga qasd qilish paytida, qolgan ayblanuvchilar boshqa kamerada namoz o‘qigan va ularning oldini olish imkoni bo‘lmagan", — deyiladi MXDQ bayonotida.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining bildirishicha, “Ayil Bank” rahbarining sobiq o‘rinbosari o‘zining sog‘lig‘i va qamoqda saqlash sharoitidan shikoyat qilmagan va o‘z joniga qasd qilishga moyil emas. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Kiritildi: 13:54 18.06.2022. O'qildi: 2452 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!