Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘iziston 20 yildan so‘ng YEIning aviasiya «qora ro‘yxati»dan chiqarildi

Qirg‘iziston 20 yildan so‘ng YEIning aviasiya «qora ro‘yxati»dan chiqarildi

Evropa Ittifoqi Qirg‘iziston aviakompaniyalariga nisbatan qo‘yilgan parvoz cheklovlarini bekor qildi. Shu tariqa, mamlakat 2006 yildan beri bo‘lgan aviasiya «qora ro‘yxati»dan chiqarildi.

Qaror Yevropa Ittifoqining Aviasiya xavfsizligi qo‘mitasi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra qabul qilindi. Qirg‘iziston hukumati bu natija fuqaro aviasiyasi sohasida amalga oshirilgan islohotlar va xavfsizlik standartlarining xalqaro talablarga moslashtirilishi samarasi ekanini bildirdi.

Endi Qirg‘izistonda sertifikatlangan aviakompaniyalar Yevropa Ittifoqi hududiga parvozlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 07:41. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!