Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qibrayda Tashkent Pharma Park farmasevtika texnik universiteti ochiladi

Qibrayda Tashkent Pharma Park farmasevtika texnik universiteti ochiladi

 

17 fevral kuni Vazirlar Mahkamasining «Tashkent Pharma Park innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterining faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Norma.uz»

Prezidentning «Tashkent Pharma Park innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, u farmasevtika texnik universiteti va innovasion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish maydonlaridan iborat sanoat zonasini o‘z ichiga oladi.

Klaster faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • innovasion yechimlarni joriy etish orqali farmasevtika sanoatini rivojlantirish;
  • ixtisoslashtirilgan ta’lim infratuzilmasini yaratish;
  • investisiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish;
  • xalqaro standartlarga muvofiq dori vositalari va tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish;
  • xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan aloqalarni rivojlantirish.

Universitet esa dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlaydi.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida klaster direksiyasi tashkil etildi. Hujjat bilan davlat muassasasining tarkibi, xodimlar soni tasdiqlandi.

Direksiya loyihaning ijro etuvchi organi, shuningdek, qurilayotgan ob’ektlar uchun asbob-uskunalar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni qabul qilish uchun javobgar hisoblanadi.

Prezidentning 2020 yil 28 apreldagi «Tashkent Pharma Park innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterini tashkil etishni moliyalashtirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, klaster tashkil etish loyihasini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 50 million dollargacha mablag‘lar ajratish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 17 aprel kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida Tashkent Pharma Park innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasteri qurilishi boshlangandi.

Avvalroq O‘zbekistonda vaksina ishlab chiqarish maydoni va xalqaro standartlarga javob beradigan sinov laboratoriyasi tashkil etish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: 10:01 23.02.2021. O'qildi: 1388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!