Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qaysi xalqlar orasida koronavirus kengroq tarqaladi?

Qaysi xalqlar orasida koronavirus kengroq tarqaladi?

Britaniyaning Birmingem universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotda hojatxonadan chiqqandan keyin qo‘lni sovunlab yuvish unchalik odat tusiga kirmagan mamlakatlarda yangi koronavirus infeksiyasi kengroq tarqalishi ma’lum bo‘ldi. 

Shifokorlar koronavirusdan himoyalanish uchun qo‘llarni kamida 20 soniya davomida sovunlab yuvish kerakligini aytmoqda. 

Aniqlanishicha, Xitoyda hojatxonadan chiqqandan keyin qo‘lini sovunlab yuvmaydiganlar nisbati 77 foiz ekan. Bu ko‘rsatkich Yaponiyada 70, Janubiy Koreyada 61, Gollandiyada 50, Italiyada 43, Buyuk Britaniyada 25 va AQShda 23 foizni tashkil etadi. Saudiya Arabistonida odamlarning atigi 3 foizi, Turkiyada esa 6 foizi qo‘l yuvishni odat qilib olmagan. 

Tadqiqotchilar 8 mart holatiga koronavirusga chalinish haqidagi ma’lumotlar va qo‘l yuvish odatini solishtirib, ikkisining o‘rtasida bog‘liqlik bor degan xulosaga kelishdi.

Kiritildi: 21:52 04.04.2020. O'qildi: 4143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!