Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Qaysi odatdan voz kechish umrni 28 yilga uzaytiradi?

Qaysi odatdan voz kechish umrni 28 yilga uzaytiradi?

Spirtli ichimlikdan voz kechish umrni 28 yilga uzatirishga qodir. Bu haqda “Express” nashri Karolinska instituti (Shvesiya) olimlari ma’lumotlariga tayangan holda yozadi.

Tadqiqot 20 yil davom etgan. Bu vaqt davomida mutaxassislar Daniya, Finlyandiya va Shvesiyadagi piyanistalar necha yil yashashganini kuzatishgan.

Ichkilikka ruju qo‘yganlar turli kasalliklardan ko‘proq o‘lishgan. Ular ichib, o‘z hayotlarini o‘rtacha 28 yilga qisqartirishgan.

Butun dunyo bo‘ylab shifokorlar muntazam ravishda spirtli ichimlikning sog‘liqqa salbiy ta’siri haqida ogohlantirib kelishadi. Ularning kam miqdori ham saraton va bepushtlik kasalligi ehtimolini oshiradi. Shuningdek, aqliy va jinsiy zaiflikni keltirib chiqarishi mumkin.

Qolaversa, ichkilikdan ko‘pincha jigar, yurak tizimi va miya aziyat chekadi.

Kiritildi: 22:24 11.04.2021. O'qildi: 7264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!