Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Qatarga Avstriya yog‘ochini yetkazib berish uch barobarga qimmatlashdi

Qatarga Avstriya yog‘ochini yetkazib berish uch barobarga qimmatlashdi

Shuningdek, Qatarga Avstriya yog‘ochini yetkazib berish yo‘li ham o‘zgardi.

Eron bilan bo‘layotgan urush tufayli Avstriyadan Qatarga qurilish uchun olib kelinadigan archa yog‘ochlari (oq yog‘och) yo‘nalishi keskin o‘zgardi. Avvalroq yuklar 45 kunda Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kelgan bo‘lsa, endilikda xavfsizlik yuzasidan kemalar BAAning Hor-Fakkan portiga yo‘naltirilyapti. U yerdan yuklar quruqlik orqali Abu-Dabiga tashilib, so‘ngra Dohaga qayta yuklanmoqda.

Bunday aylanma yo‘l sababli har bir konteynerni yetkazib berish narxi 1100 dollardan 3600-5000 dollargacha, ya’ni uch barobardan ko‘proqqa qimmatlashdi. Narxlar oshishi va yetkazib berish muddatining yana bir-ikki oyga cho‘zilishi Qatardagi qurilish ishlari sur’atini sekinlashtirib, xarajatlarning keskin ortishiga olib keladi.

Kiritildi: 14:35 15.04.2026. O'qildi: 933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!