Qatar Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa tizimlari mamlakatga qaratilgan raketani tutib olganini e’lon qildi.
Bu haqda mudofaa vazirligi bayonot berdi.
Vazirlik havo hujumidan mudofaa tizimlari raketani muvaffaqiyatli tutib olganini ta’kidladi, ammo hujum tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Avvalroq mamlakat xavfsizlikka tahdid kuchayganini e’lon qilgan edi. Qatar Ichki ishlar vazirligi aholiga mobil ogohlantirish yuborib, ularni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Ogohlantirishda shuningdek, aholidan keyingi ogohlantirishgacha uyda qolish so‘ralgan.