Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Qatar eronlik ekspertlarni mamlakatga kiritishga ruxsat bermayapti

Qatar eronlik ekspertlarni mamlakatga kiritishga ruxsat bermayapti

Qatar eronlik ekspertlarga mamlakatga kirib, eronlik uchuvchilar taqdiri va ular bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish uchun tergov o‘tkazishga ruxsat bermayapti. Bu haqda Eron Islom inqilobi soqchilari korpusi — KSIR vakili ma’lum qildi.

Uning so‘zlarini Al Hadath telekanali keltirdi.

"Qatar eronlik ekspert va tergov komissiyasiga eronlik uchuvchilar taqdirini o‘rganish uchun ruxsat berishdan bosh tortmoqda", — dedi KSIR vakili.

Uning ta’kidlashicha, Erondan keladigan mutaxassislar tergov o‘tkazish uchun Qatarga kirish ruxsatini bir necha oydan beri kutib kelmoqda.

KSIRda Qatar rasmiylari eronlik uchuvchilar qo‘lga olingani haqidagi ma’lumotlarni rad etish o‘rniga, ekspertlar guruhiga mamlakatga kirish va vaziyatni o‘rganish imkonini berishi kerak, deb hisoblamoqda.

Kiritildi: 13:46 16.08.2026. O'qildi: 454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!