Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi

Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi

Erkak Qarshi tumanidagi xonadonida eshak so‘yib, go‘shtini turli bozorlarda sotib kelgan. Xonadonidan 247 kg go‘sht va qariyb 100 ta eshak terisi topilgan.

2026 yil fevral oyida ham eshak go‘shti sabab sudlanib, ozodligi cheklangan erkakka sudya "marhamat ko‘rsatib" yana shu turdagi jazoni tayinladi.

Erkakning o‘zi sudda "turmush o‘rtog‘i miya saratoni kasalligiga chalingani va uni davolatishga pul kerak bo‘lgani uchun shu ishga qo‘l urgani"ni aytgan.

Sudlanuvchining Malibu mashinasi bo‘lgan.

Kiritildi: 22:21 04.06.2026. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!