Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryodagi «roddom»da bemorlar yo‘lakda yotib davolanayotgani rostmi?

Qashqadaryodagi «roddom»da bemorlar yo‘lakda yotib davolanayotgani rostmi?

13 iyun kuni Ommaviy axborot vositalarida Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi shifoxonada bemorlar yo‘lakda yotib davolanayotgani aks etgan fotosuratlar tarqalgan edi. Aytilishicha, Nishon tumani markaziy shifoxonasining tug‘ruqqacha bo‘lgan davolanish bo‘limida ayollar koridorda yotgani, bitta palataga 8-9 nafardan ayol joylashtirilgani ham qo‘shimcha qilingan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu borada rasmiy ma’lumot berdi. Vazirlikning mahalliy OAVga taqdim etgan bayonotida aytilishicha, Nishon tumani markaziy shifoxonasining xomiladorlar patologiyasi va ginekologiya bo‘limlarida yo‘lakda yotib davolanayotgan bemorlar aniqlanmagan. Bemorlar o‘rinlariga joylashuviga qadar o‘zlari va qarindoshlari yerga joy to‘shab yotib olishgan. (Shu joyi kulguli emasi? Sababi, fotosuratda bemorlar nafaqat yotganini balki davolanayotgani ko‘rish mumkin)

Bayonotda Nishon tuman kasalxonasining tug‘ruq majmuasida zamonaviy sharoitlar yaratilgani alohida ta’kidlangan. (Yo‘lakda bemorlarni davolash ham zamonaviy sharoit hisoblanishi ehtimoldan xoli emas)

«Bunday jiddiy kamchilikka yo‘l qo‘ygani, o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragani va bo‘limda nazoratni susaytirgani uchun tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari M.Halilova, tug‘ruq majmuasi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi N.Sazanbayevalar vazifasidan ozod etildi. (Bemorlar o‘rinlariga joylashuviga qadar o‘zlari va qarindoshlari yerga joy to‘shab yotib olishgan bo‘lsa bu «bechoralarda» nima ayb?)

Homiladorlar patologiyasi bo‘limi vrachi B.Esanovaga esa intizomiy jazo qo‘llanilib, o‘rtacha ish haqining 30 foizi miqdorida jarimaga tortildi.

Shifoxonada qat’iy nazorat o‘rnatmagani, bunday muammolarning oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida zarur chora ko‘rmagani uchun tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i YO.Shonazarov ogohlantirildi»,- deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilgan bayonotida.

Biz esa ushbu kulguli bayonot ortidan aynan Bosh Prokuratura surishtiruv olib borib voqea aslida qanday bo‘lganiga aniqlik kiritishi va bayonotning yolg‘on ekanligi sudda isbotlanishi tarafdorimiz. Sog‘liqni saqlash vazirligi bir kunda vaqt oralig‘ida ikki marta «kulguli va ishonarsiz» bayonot tarqatmoqda.

Kiritildi: 10:20 14.06.2019. O'qildi: 1633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!