Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining pulmonologiya bo‘limi vrachi, oliy toifali shifokor Qodir Shirinov vafot etdi. Bu haqda NasafNews Qashqadaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tayanib xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, marhum vafotiga aynan nima sabab bo‘lgani ochiq aytilmagan.
Avvalroq Qarshi shahridagi xususiy klinikalarning birida faoliyat yuritgan, G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasining sobiq bosh shifokori To‘raqul Xoliqov, Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori To‘lqin Ashurov koronavirusdan vafot etgan edi.
Undan avval esa Shahrisabz shahar markaziy shifoxonasining tug‘ruqxona bo‘limi boshlig‘i Shoira Ismoilova, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma huzuridagi COVID-19ga qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchi shtab rahbari Sherali Nurmatov 61 yoshida vafot etgandi.