Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Qashqadaryoda o‘quvchilar o‘quv yilini kitobsiz boshladi

A A A
Qashqadaryoda o‘quvchilar o‘quv yilini kitobsiz boshladi

Senatning o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida Qashqadaryo viloyati hokimining hisoboti tanqidiy muhokama qilindi.

Viloyatdagi umumta’lim maktablari uchun respublika “Transport va logistika xizmati” DUK tomonidan 46 foiz darsliklar yetkazib berilgan, xolos.

Ushbu darsliklar jamlanmasining 24 foizi to‘liq bo‘lmaganligi bois omborxonada saqlanmoqda, buning natijasida o‘quvchilar o‘quv yilini kitobsiz boshlagan.

2021 yilgi Investisiya dasturi doirasida viloyatdagi 93 ta umumta’lim maktabini jihozlash belgilangan bo‘lib, shundan 36 tasiga mebel va jihozlar qisman yetkazib berilgan, qolgan 57 tasiga esa umuman yetkazib berilmagan.

10 sentyabrga qadar yakunlanishi belgilangan Qarshi tumanidagi 26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari 29 foizga bajarilgan. 10 oktyabrgacha foydalanishga topshirilishi belgilangan Qarshi tumani “Botosh” dahasidagi 4 qavatli yangi maktabning hatto birinchi qavatini qurish ishlari hanuzgacha yakunlanma

Kiritildi: 17:33 29.09.2021. O'qildi: 2643 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik