Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryoda to‘rt xotinli erkak ikki xotinining qotiliga aylandi

Qashqadaryoda to‘rt xotinli erkak ikki xotinining qotiliga aylandi

Qashqadaryoda to‘rt xotinli erkak, ikki xotinining qotiliga aylandi. Birinchi qotilligidan so‘ng 13 yil “o‘tirib chiqqan” erkakning ikkinchi qotilligi haqida uning 15 yoshli qizi xabar bergan.

Mazkur qotillik voqeasi haqida qisqacha axborot bergan viloyat IIB axborot xizmati kosonlik erkak ikkinchi xotinini 2019-yil o‘ldirib, quduqqa tashlab yuborganini oshkor qildi.

“Koson tumanida yashovchi T.Q. mast holda tayoq bilan xotini X.G.ni urib, qo‘l va oyoqlarini sindirib, qasddan o‘ldiradi va jasadni quduqqa tashlab, tuproq bilan ko‘mib yuborganligi aniqlandi”, — deyiladi viloyat IIB axborot xizmati xabarida.

Aniqlanishicha, fuqaro dastlabki qotilligini 1986-yil sodir etgan bo‘lib, buning uchun 13 yil “o‘tirib chiqqan”. Eng yomoni bundan xulosa qilmagan er 2019 yil yana bir xotinini 13 yoshli qizining qo‘z o‘ngida urib o‘ldirib, quduqqa tashlagan va ustidan ko‘mib yuborgan. Ikki yildan so‘ng ya’ni 2021 yil 15 yoshga kirgan o‘sha qiz o‘gay onasini ham o‘lgudek do‘pposlayvergan otasi yana bir qotillikka qo‘l urishidan qo‘rqib, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillariga xabar bergan.

Kiritildi: 22:30 12.11.2021. O'qildi: 7177 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!