Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryoda soxta DXX xodimi ushlandi

Qashqadaryoda soxta DXX xodimi ushlandi

Bu haqda "Nasafnews'' ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Qarshi tumanida yashovchi fuqaro M.M. o‘zini xizmat xodimi sifatida tanishtirib, aldov yo‘li bilan fuqaroning “Tiko” avtomashinasi hujjatlarini yuqoridagi tanishi orqali rasmiylashtirib berish evaziga 6 mln so‘m olib, so‘ngra mashinani sotib olishini aytib, mashinani olib ketib, pulini bermagan.

Soxta xodim jinoiy harakatlarini davom ettirib, xizmat nomidan foydalanib, bir fuqaroni “Epsilon”ga kiritib qo‘yish evaziga 3 mln so‘m oladi, “Tt” savdo do‘konidan boshqa fuqaro nomiga mahsulot olish maqsadida 10 mln so‘mlik kredit hujjatlarini rasmiylashtirib, shundan 8 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan olib ketadi. Yana bir fuqaroga “prava” olib berib, DXXga ishga kiritib qo‘yish evaziga 400 AQSh dollarini oladi va “uxlatib” ketadi.

Yakunda esa, sud hukmi bilan Ma’rufjon JKning qator moddalari bilan aybli deb topilib, 5,2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Kiritildi: 15:23 07.07.2024. O'qildi: 1111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!