Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda poraxo‘r "bozorkom" qo‘lga olindi

Qashqadaryoda poraxo‘r "bozorkom" qo‘lga olindi

🔴 Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bozor rahbarining noqonuniy harakati fosh etildi.

❗️ Xususan, Dehqonobod tumanida faoliyat yurituvchi bozorlardan birining rahbari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga bozor hududida joylashgan, lekin tegishli hujjatlari bo‘lmagan savdo do‘konini sotishini, keyinchalik esa uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, “xizmati” evaziga 80 mln so‘m talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur mansabdor shaxs tadbirkordan 6600 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:08. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!