Bugun 7 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryoda gaz-zapravkada portlash sodir bo‘ldi

Qashqadaryoda gaz-zapravkada portlash sodir bo‘ldi

Qarshi tumanidagi avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat bugun soat 15:45 da Qarshi tumani Dasht mahallasi hududidan o‘tuvchi “G‘uzor-Qarshi” avtomobil yo‘lida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida kuzatilgan. “Kamaz-512” avtomobildan gaz saqlash yomkostiga gaz quyish vaqtida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.

4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:56 da hodisa joyiga yetib borgan hamda yong‘in soat 16:00 da o‘rab olinib, soat 16:45 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida shoxobcha binosining 22 metr kvadrat maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:26. O'qildi: 735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!