Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda eksportbop qora tarvuz yetishtirildi

Qashqadaryoda eksportbop qora tarvuz yetishtirildi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida dehqon va fermerlar, qolaversa, tomorqa egalari ham meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirishning o‘ziga xos usullari va yo‘llarini izlab topmoqda.

Tumanning O‘tamayli hududida har yili may oyining birinchi o‘n kunligida qovun va tarvuzlar mamlakatimizda birinchi bo‘lib pishib yetiladi hamda eksportga jo‘natiladi.

Bu yil tarvuz yetishtirishda yana bir yangilikka qo‘l urildi. Usta dehqonlarning tinimsiz izlanishlari va mehnati natijasida urug‘siz pishib yetiladigan qora tarvuzlar yetishtirildi.

- Rossiyalik xaridorlarning tavsiyasi bilan ilk marotaba tarvuzning yangi “Style” navini yetishtirdik, deydi Ulug‘bek Jumanazarov. Lalmi yerlarda qurilgan issiqxonalarda parvarishlangan tarvuzlar eksportga mo‘ljallangan. Hosil ko‘rganingizdek may oyida tayyor bo‘ldi.

Darhaqiqat, mahsulotlar tarkibidagi moddalar miqdorini saqlash maqsadida mahalliy o‘g‘itlardan foydalanilmoqda. Bu esa o‘zining yaxshi samarasini ko‘rsatib, xaridorlar talabini to‘la qondiradi.

Ayni kunlarda tumanning lalmi maydonlaridan qo‘shimcha yerlar o‘zlashtirilmoqda, qishloq xo‘jaligi va poliz mahsulotlari yetishtirish hajmi ham yildan-yilga ortmoqda.

Asosiysi, mahsulotlarni xalqimiz dasturxoniga ertaroq taqdim etishga erishilmoqda.

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi mas’ul xodimlari ushbu hududdagi fermer va tomorqa egalari huzuriga tashrif buyurib, mahsulotlarni eksportga rasmiylashtirishda yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida tushuntirishlar berishdi.

Kiritildi: 21:19 31.05.2021. O'qildi: 3147 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!