Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda 20 yil hujjatida "o‘g‘il bola” bo‘lib yurgan qiz aniqlandi

Qashqadaryoda 20 yil hujjatida "o‘g‘il bola” bo‘lib yurgan qiz aniqlandi

Gap shundaki, u qiz tug‘ilganida yanglishib, “Shafoatov Olim” deb yozilgan guvohnomani berib yuborishgan. Tog‘li qishloqning tuman markazidan 180 kilometr uzoqda joylashgani va markazga borish qiyin bo‘lgani sababli bu xato o‘zgartirilmay qolib ketgan.

Qiz Dehqonobod tumanining tog‘li Duob va Terakli qishloqlari aholisi uchun o‘tkazilgan sayyor qabulda guvohnomasini o‘zgartirishni so‘rab murojaat qilgan.

“Kech bo‘lsada bu xato to‘g‘rilandi. Biz sayyor qabuldan so‘ng “Shafoatov Olim” guvohnomasi bilan yurgan qizga “Shafoatova Muqaddam Ravshan qizi” deb qayd etilgan guvohnomani topshirdik. Endilikda bu tog‘ qishloqlarida yiliga ikki marta sayyor qabul o‘tkazishni mo‘ljallayapmiz”, - deydi Dehqonobod tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudirasi Ozoda Ashurova.

Kiritildi: 13:30 02.06.2022. O'qildi: 4012 marta. Fikrlar soni: 13 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!