Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryoda 16 kun ichida nechta oila saqlab qolindi?

Qashqadaryoda 16 kun ichida nechta oila saqlab qolindi?

Majburiy ijro byurosining Qashqadaryo qiloyati boshqarmasi va tuman-shahar bo‘limlari tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash borasida amaliy sa’y harakatlar qilinmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, bugun Byuroning viloyat boshqarmasida mavjud ijro hujjatlarining 21,3%ini aliment undirish bilan bog‘liq. Umuman olganda, bu judayam ko‘p degani. Shu sababli, oilaviy nizolarning oldini olish va oilalarni yarashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Byuro xodimlari bugun bu ishga astoydil kirishgan. Raqamlarga nazar soladigan bo‘lsak, 1-16-aprel kunlari 76 ta oila yarashtirilib, voyaga yetmagan farzandlarining ota-ona mehridan bahramand bo‘lib yashashiga hissa qo‘shildi.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor X.Xidirovdan undiruvchi S.Karimova foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan edi. Davlat ijrochisining tushuntirish ishlari natijasida ushbu oila yarashib, ijro hujjati undiruvchi tomonidan qaytarib olindi.

Bundan tashqari, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan otalarga nisbatan keskin choralar ham ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-4-moddasida moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi deb yozib qo‘yilgan. Shunga ko‘ra, viloyat miqyosida ana shunday qarzdorlardan 37 nafariga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi. Jumladan, joriy yilning 15 aprel kuni Qamashi tumanida yashovchi fuqaro Azimov Jamshidga nisbatan 19.862.372 so‘mlik, Kitob tumanida yashovchi fuqaro T.Xujovga nisbatan 3 242 900 so‘mlik aliment qarzini to‘lamagani uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan bu ishlar davom ettirilmoqda. Maqsad-voyaga yetmagan farzandlar oldida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish va bolalarning porloq kelajagi uchun oz bo‘lsada hissa qo‘shishdan iborat. Aliment to‘lovchilar shuni unutmasligi kerakki, aliment qarz emas, bu majburiyat.

Kiritildi: 11:18 18.04.2019. O'qildi: 1848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!