Bugun 16 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryo viloyatining antikor raisi o‘zgardi

Qashqadaryo viloyatining antikor raisi o‘zgardi

Xushmurodova Ismigul Berdimurodovna Qashqadaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi raisi etib tasdiqlandi.

Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashlari qayta tashkil etilmoqda. Endilikda Kengash ishiga viloyat xalq deputatlari kengashi raisi rahbarlik qiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov va Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi a’zolari ishtirokida Qashqadaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining ta’sis yig‘ilishida Koson tumanini korrupsiyadan holi hududga aylantirish bo‘yicha hududiy kengash bilan birgalikda yangi tajribani amalga oshirish taklifi ilgari surildi.

Bunda ayniqsa, sog‘liqni saqlash, bank va bandlik sohalarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Kiritildi: 05:20 15.03.2025. O'qildi: 725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!