Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryo viloyatining 2023 yilning 9 oyidagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari

A A A
Qashqadaryo viloyatining 2023 yilning 9 oyidagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo filiali xodimlari statistik ma’lumotlar asosida viloyatning 2023 yil yanvar-sentyab oylaridagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qildi.

2023 yilning 3-choragida viloyatdagi YAHM hajmi 41,6 trln so‘mni, o‘sish ko‘rsatkichi 2022 yilning mos davriga nisbatan 104,5%ni (o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha Respublika hududlari orasida 9-o‘rin) tashkil qilgan.

Viloyatda yaratilgan YAHMning Respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 5,5% bo‘lgan holda Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona, Andijon viloyatlaridan keyingi 7-o‘rinni egallagan.

YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari sanoatda – 107%, qurilishda – 109%, xizmatlar sohasida – 109,4%ni tashkil etdi

Tahlil qilinayotgan davr mobaynida sanoat ishlab chiqarish hajmi 20,4 trln so‘mni (respublikadagi ulushi 4,4%ni, hududlar ichida 8-o‘rinni egallagan) tashkil qildi.

Kiritildi: 20:07 24.10.2023. O'qildi: 1691 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!