Bugun 21 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qarzdorlik sabab mobil telefon qurilmalari bloklanadi(mi)?

Qarzdorlik sabab mobil telefon qurilmalari bloklanadi(mi)?

MIB: ijtimoiy tarmoqlarda qarzdorlik sababli, mobil telefon qurilmalari bloklanishi mumkinligi haqidagi xabarlar asosga ega emas !

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ijro hujjatlariga asosan qarzdorligi mavjud bo‘lgan shaxslarga tegishli bo‘lgan mobil telefon qurilmalarining bloklanishi haqidagi xabarlar feyk hisoblanadi.

Avvalo, fuqarolarimiz ijro hujjatlari bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorliklar va xorijga chiqish uchun bo‘lgan taqiq bor yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni rasmiy sayt sahifalari yoki mobil telefon orqali ham bilishlari mumkin.

Buning uchun, Majburiy ijro byurosining rasmiy www.mib.uz veb-sayti hamda “Google PlayMarket” yoki AppStore tizimida joylashtirilgan mib.uz rasmiy Android yoki IOS mobil ilovalaridan foydalanishni tavsiya qilamiz.

Asosiysi, yuzaga kelgan qarzdorlik hamda uni undirish bilan bog‘liq ijro harakatlari mobil yoki boshqa qurilmalarning ishlash jarayoniga ta’sir qilmaydi.

Kiritildi: Bugun 17:50. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!