Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Qarzdorlik evaziga "Chery Tiggo 7 pro" xatlandi

Qarzdorlik evaziga "Chery Tiggo 7 pro" xatlandi

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining qarzdor S.T.dan undiruvchi "Asakabank" davlat aksiyadorlik tijorat banki foydasiga 267,2 mln. so‘m kredit qarzdorligini undirish va undiruvni garovdagi avtotransport vositasiga qaratish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Ijro hujjati talabini o‘z muddatida bajarishi haqida qarzdor ogohlantirilgan va tushuntirish ishlari olib borilgan.

Biroq, belgilangan muddatlarda qarzdor tomonidan kredit qarzi to‘lanmaganligi sababli, Byuro xodimlari tomonidan “CHERY TIGGO 7 PRO” rusumli avtomashina ro‘yxatga olinib, xatlandi.

Endilikda, kredit qarzlari qaytarilmasa avtomashina auksion orqali sotuvga qo‘yilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 11:52. O'qildi: 346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!