Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Qarzdor ota besh yillik alimentni oldindan to‘ladi

Qarzdor ota besh yillik alimentni oldindan to‘ladi

Shirin shahrida qarzdor ota voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun hisoblangan 120 million so‘mlik besh yillik aliment mablag‘ini oldindan to‘ladi. Shu munosabat bilan unga nisbatan qo‘llanilgan chet davlatlarga chiqish huquqini cheklash chorasi bekor qilindi.

Majburiy ijro byurosining Shirin shahar bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatiga ko‘ra, qarzdor B.X.dan undiruvchi Z.X. foydasiga voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan edi.

Ijro harakatlari davomida qarzdor aliment to‘lovlari bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarmagani sababli unga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan majburlov choralari qo‘llanilib, jumladan, chet davlatlarga chiqish huquqi vaqtincha cheklangan.

Keyinchalik qarzdor xorijga ishlash maqsadida mamlakatdan chiqish istagini bildirib, mazkur cheklovni bekor qilish yuzasidan davlat ijrochisiga murojaat qildi. Davlat ijrochisi tomonidan unga ijro hujjatida belgilangan huquq va majburiyatlar, shuningdek, aliment to‘lovlarini oldindan amalga oshirish tartibi atroflicha tushuntirildi.

Shundan so‘ng davlat ijrochisi tomonidan hisob-kitob qilingan 120 million so‘m miqdoridagi besh yillik aliment mablag‘i to‘liq to‘landi. Bu bilan farzandning kelgusi besh yillik moddiy ta’minoti kafolatlandi.

Aliment mablag‘i to‘liq to‘langanidan so‘ng, qonunchilik talablariga muvofiq, qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan chet davlatlarga chiqish huquqini cheklash chorasi bekor qilindi.

Kiritildi: 20:47 14.07.2026. O'qildi: 904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!