22 noyabr kuni soat 00:28 da Qarshi shahri Botosh mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosining 2-qavatidagi xonadonlardan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi.
Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro kuyish tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Shuningdek, chaqnash natijasida yong‘in yuzaga kelgan va qutqaruvchilar tomonidan o‘chirilgan.
Ayni paytda mas’ul idoralar tomonidan hodisaning kelib chiqish sabablari va holatlarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ushbu hodisa oqibatida vafot etganlar yo‘q.