Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “Qarshi tumanida millionlab pul noqonuniy ushlab qolingani aytilmoqda” sarlavhali xabarga Qashqardaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati munosabat bildirdi.
Ushbu xabar yuzasidan o‘rganishlar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli qarori o‘rnida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-sonli qarori qo‘llanilishini inobatga olib, Qarshi tumanining har bir maktabida tuzilgan ishchi guruh o‘qituvchilarning faoliyatini qaytadan ko‘rib chiqdi, va Nizom talablariga mos bo‘lgan o‘qituvchilarga ustamalar belgilandi va ustamalar to‘lab kelinayapti.
Qarshi tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan 237 nafar o‘qituvchilar joriy yilning 1 fevralidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-sonli qarori asosida ustama xaqlari 2020 yil 1 aprel holatigacha to‘langan.
Ushbu qarorga asosan Qarshi tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktablarning 237 nafar o‘qituvchisiga joriy yilning 1-16 apreligacha ish haqisiga nisbatan ustamalar mos ravishda to‘lanishi kerak bo‘lsada, tumanning markazlashgan moliya-buxgalteriyasi xodimlari tomonidan to‘lab berilmagan. Ushbu o‘qituvchilarga ustama haqlari aprel oyining ish haqisiga qo‘shgan holda to‘lab berilishi mo‘ljallangan.
Qarshi tumani xalq ta’limi bo‘limining har bir xodimi o‘qituvchilarning og‘zaki va yozma murojaatlari bilan ishlashdagi faoliyatlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi bois, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri nomiga tushuntirish xatlari olindi.
Qarshi tumani xalq ta’limi bo‘limi markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati mas’ul xodimlariga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq, navbatdagi intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.
Bundan tashkari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 apreldan “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 232-sonli qarorining birinchi bandida byudjet tashkilotlarida (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to‘lashning 1-3 razryadlari qo‘llaniladigan xodimlardan tashqari) ishlaydigan xodimlarga 2020 yilning 16 aprelidan 1oktyabriga qadar moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishini to‘xtatib turilishi belgilab qo‘yilgan.
Qashqardaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati