Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qarindoshning sudlanganligi fuqarolarning huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lmaydi

Qarindoshning sudlanganligi fuqarolarning huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lmaydi

Fuqarolar himoyasining huquqiy kafolatlari yanada mustahkamlanadi.

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-963-son, 20.09.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Qonunga ko‘ra, ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitusiyada mustahkamlangan, OAVlarning faoliyati hamda insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bog‘liq huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni o‘tash chog‘ida fuqarolarning huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqliligi belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritildi: Bugun 13:28. O'qildi: 290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!