Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qanday qilib nogironlik pensiyasini qayta hisoblatish mumkin?

Qanday qilib nogironlik pensiyasini qayta hisoblatish mumkin?

✍️ Fuqaro I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, uning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiyasi har 2 yilda bir marotaba qayta hisoblab beriladi.

❔ Huquq paydo bo‘lgan shaxs qanday hujjatlarni taqdim qilishi kerak?

Pensiyani qayta hisoblashga asoslar vujudga kelganda shaxs pasport bilan Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilishi mumkin.

💻 Bunda, shaxsning mehnat staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimlarida mavjud bo‘lsa, pensionerdan hech qanday ma’lumot talab qilinmaydi.

Ma’lum sabablarga ko‘ra, ma’lumotlar axborot tizimlarida mavjud bo‘lmasa, bu haqda pensionerga ma’lum qilinadi va pensioner so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim qilishi kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 12:49 07.07.2024. O'qildi: 855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!