Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

“QANDAY JAZO QO‘LLANISHI MUMKIN?”

A A A
“QANDAY JAZO QO‘LLANISHI MUMKIN?”

— Avtotransport vositasida to‘qnashuv sodir qilganman. Voqea joyida jarblanuvchi bilan o‘zaro kelishib, jabrlanuvchining avtotransport vositasini ta’minlab berishni kelishib olganmiz. Voqea joyidan ketayotgan vaqtimizda YXX xodimlari kelib, to‘qnashuv holatini rasmiylashtirishib Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborishdi. Jabrlanuvchining avtotransport vositasini ta’mirlab berganman, uning menga nisbatan xech qanday da’vosi yo‘q. Sud tomonidan menga nisbatan qanday jazo qo‘llanishi mumkin?
Ismi sir tutildi

Qaxramon MIRSAFAYEV, Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi:
— Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 21-2-moddasiga muvofiq ushbu Kodeksning 133-moddasida (transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi), 134-moddasida (haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni bir yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish to‘g‘risida qaror chiqarishi va ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ish materiallarini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 313-1-moddasida belgilangan tartibda sudga yuborishi lozim bo‘ladi.
Ushbu holatda, sizga oid ma’muriy huquqbuzarlik materiallari jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi 10-1-bandiga asosan MJtKning 21-2-moddasida nazarda tutilgan yarashuv shartlari talablariga amal qilgan holda jabrlanuvchi bilan yarashganingiz munosabati bilan tugatilib, jazo qo‘llanilmaydi.

Kiritildi: 18:11 08.11.2022. O'qildi: 2372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!