Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

"Qamchiq" dovonida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

"Qamchiq" dovonida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

23 avgust kuni, taxminan 17:00 da “Qamchiq” dovonida ikkita yuk mashinasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Dovonning 247-kilometrida “ISUZU” yuk mashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotish natijasida “MAN” yuk mashinasiga borib urilgan. YTH natijasida “ISUZU” haydovchisi mashina salonida siqilib qolgan.

Bir necha daqiqada voqea joyiga FVV “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib bordi. FVV qutqaruvchilari maxsus texniklar yordamida haydovchini avtomobil salondan xavfsiz tarzda chiqarib olishib, voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi va shifokorlarga topshirishdi.

Ayni vaqtda haydovchi Pop tumani shifoxonasida, uning sog‘lig‘i yaxshi. Tez orada haydovchiga uyga ruxsat beriladi.

Kiritildi: 15:07 24.08.2021. O'qildi: 2043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!